Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Rossiya maxsus kuchlari Ukrainadagi urush tufayli zaiflashgan
Ukrainadagi urush Rossiya maxsus topshiriqli kuchlarini sezilarli darajada zaiflashtirdi, deb xabar bermoqda The Washington Post (WP) tarmoqqa sizdirilgan AQSh maxfiy hujjatlariga tayanib.
AQSh rasmiylarining fikricha, Rossiya harbiy qo‘mondonligi maxsus topshiriqli kuchlarga haddan tashqari ko‘p tayangan hamda ularni halok bo‘lganlar va yaralanganlar tufayli katta yo‘qotishlarga uchragan ilg‘or piyoda qo‘shinlar tarkibiga kiritgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Rossiya maxsus topshiriqli kuchlarining ba’zi brigadalari jangovar qobiliyatining 90 foizidan 95 foizigacha zaiflashgan. Sizib chiqqan hujjatlarda Ukrainada qancha rossiyalik qo‘mondon o‘ldirilgani yoki yaralangani aytilmagan.
Biroq, qo‘lga kiritilgan razvedka ma’lumotlariga tayanib aytilishicha, faqat bitta - 346-bo‘linma «deyarli butun brigadani yo‘qotgan, unda 900 nafar harbiy xizmatchidan atigi 125 nafari xizmatda qolgan».
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025