Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada rossiyalik ayol josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
Gyoteburgdagi neftni qayta ishlash zavodida ishlagan rossiyalik ayol qo‘lga olindi. U sanoat josusligida gumon qilinmoqda.
Shvetsiyaning Gyoteburg shahrida Rossiya fuqarosi sanoat josusligida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda 14 aprel, juma kuni Shvetsiyaning TV4 telekanali xabar berdi.
Qo‘lga olish payshanba kuni rossiyalik ayol ishlagan Preem neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirildi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ish bo‘yicha tintuv o‘tkazilgan va bir necha kishi so‘roq qilingan — aniqroq tafsilotlar yo‘q. Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, qo‘lga olish sanoat josusligidagi gumonlar bo‘yicha amalga oshirilgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyin Finlandiya, Shvetsiya va Norvegiyada rus razvedkasiga qarshi kurash kuchaydi. Yanvar oyida Shvetsiya sudi ikki aka-ukani Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi. Ulardan biriga umrbod, ikkinchisiga 9 yil-u 10 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi 13 aprel kuni Rossiya elchixonasining «diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat» bilan shug‘ullangan 15 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborayotganini ma’lum qildi. Finlandiya 4 aprelda NATOga qo‘shildi. NATOga kirish tartibi Shvetsiya tomonidan ham davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
00:15 / 20.05.2025