Jahon | 16:23 / 16.04.2023
21913
7 daqiqa o‘qiladi

Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari va Baxmutda qolayotgan askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 416-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Rossiya qo‘shini 14 aprel kuni Donetsk oblastining Slovyansk shahridagi aholi yashash kvartallariga yo‘llagan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, yana 23 kishi yaralangan. Qurbonlar va jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
  • Ukrain harbiylari Kursk oblastining chegaradosh hududlarini o‘qqa tutgan. Ikki qishloqda tok uzilgan.
  • Volodimir Zelenskiy Igor Akinfeyev, Ilya Averbux, Svetlana Xorkina va RFdan bo‘lgan boshqa sobiq va hozirgi o‘nlab sportchilarga sanksiya qo‘lladi. Shuningdek, mudofaa vazirining qizi Kseniya Shoygu ham sanksiyaga uchragan — u Rossiya triatlon Federatsiyasiga rahbarlik qiladi.
  • Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko Mariupolga keldi.
  • Polsha 30 iyunga qadar Ukrainadan bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqladi.

Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shini 14 aprel kuni Donetsk oblastidagi Slovyansk shahriga yettita raketa uchirdi, natijada beshta ko‘p qavatli uy va beshta xususiy uy, shuningdek, do‘kon, xo‘jalik markazi, klub va uchta avtomobil shikastlangan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan 11 kishi halok bo‘lib, 23 kishi tan jarohati olgan. Xarobalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin. Rossiya tomoni Slovyansk o‘qqa tutilishi yuzasidan izoh bermagan.

Rossiya hukumati Ukrainada «faqat harbiy obektlar»ga zarba berishini aytib kelardi. 

Quyida Slovyanskdagi turar joylar o‘qqa tutilishi oqibatlari aks etgan suratlar.

Rossiyaliklar Slovyansk bo‘ylab uchirgan yetti raketadan biri kelib tushgan besh qavatli uydagi holat.
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan bolani olib chiqishmoqda. Besh qavatli uylardan birida ikkita yuqori qavat qulab tushgan — bu yerda ikki yoshli bola bo‘lgan. Qutqaruvchilar yetib borishganida u tirik edi, ammo shifoxonaga olib ketishda jon bergan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Farzandi halok bo‘lgan slovyansklik ayolni yupantirayotgan politsiyachilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan uy ichidan jarohatlangan bolani olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Qidiruv-qutqaruv ishlari chog‘ida Ukraina FVDX xodimlariga yordam berayotgan ko‘ngilli
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Slovyansk o‘qqa tutilishi vaqtida jarohat olgan keksa yoshlini xarobalar ostidan olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX xodimi xarobalar orasida ishlamoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelib tushgan joyda hosil bo‘lgan krater
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan besh qavatli uylardan birining oldida turgan o‘t o‘chiruvchilar
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

Lvivda asralayotgan tarixiy yodgorliklar

Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Rossiya qo‘shini me’moriy qimmatli bo‘lgan o‘nlab arxitektura yodgorliklari va binolarni yakson qilgan va shikastlagan. Tarixiy markazi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan Lviv shahrida esa Uyg‘onish (Renessans) davriga mansub, barokko va klassitsizm uslubidagi yodgorliklar «Ukraina, my pomogayem» tashabbusi bilan yaxshi saqlab qolingan. Bu guruh ishtirokchilari — ukrainalik hamda polshalik restavratorlar va konservatsiya bo‘yicha mutaxassislar — shaharning tarixiy qismidagi obidalar yo‘qotilishidan saqlab qolishda yordam bermoqda. 

Avliyo Antoniy ibodatxonasi haykallari — bu Lvivning tarixiy qismidagi Rim-katolik ibodatxonasi — yog‘och va metalldan yasalgan himoya qutilari bilan o‘rab qo‘yilgan
Omar Marques / Getty Images
20 yoshli Anastasiya XVII asrga mansub barokko uslubidagi haykalni restavratsiya qilmoqda
Omar Marques / Getty Images
XVI asrda yasalgan Uyg‘onish davriga oid niqoblar
Omar Marques / Getty Images
Anastasiya va Volodimir (u 24 yoshda) XVII asrga oid haykalni restavratsiya qilishmoqda
Omar Marques / Getty Imageds
Ustaxonadagi stolda yotgan XVI asrga oid haykal
Omar Marques / Getty Images

Baxmutdagi ukrain harbiylari

Baxmut hamon harbiy harakatlar epimarkazida qolmoqda. Ukraina QK bosh shtabining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, kun davomida ukrain armiyasi bu yo‘nalishda 40 dan ortiq hujumni qaytargan. RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHK shturmchi otryadlari oldinga siljishda davom etgani va shaharning shimoliy va janubiy chekkalarida ikki kvartal ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lumot bergan

Rossiya kuchlari bilan to‘qnashuvdan qaytgan ukrain harbiylari
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Bas laqabli it — «Edelveys» tog‘ brigadasi minomyotchi bo‘linmasi talismani hisoblanadi. Bu bo‘linma harbiy xizmatchilari Basni o‘tgan yil yozida Kiyev atrofida qutqarib qolishgan — u o‘shandan buyon askarlar yonida
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid