O‘zbekiston | 10:04 / 17.04.2023
10817
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining 4 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Shutterstock

Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanish jarayonida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli 2023 yil 17 apreldan 19 aprel soat 9:00 gacha poytaxtning 4 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi.

Sergeli tumanida:

Jun, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, So‘g‘diyona, Qumariq, Oltin vodiy, Uchuvchilar va Bunyodobod mahallalarida;

Yangihayot tumanida:

Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli va Toshkent mahallalarida;

Yakkasaroy tumanida:

Boshliq, Qushbegi mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qahhor ko‘chalarida;

Mirobod tumani:

Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Mavzuga oid