O‘zbekiston | 17:17 / 22.04.2023
9592
1 daqiqa o‘qiladi

Veolia Energy Tashkent mavjud bo‘lmagan qarzlar paydo bo‘lgani sababini tushuntirdi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi vakillari nega poytaxtdagi ayrim iste’molchilarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha mavjud bo‘lmagan qarzi paydo bo‘lganini tushuntirdi.

Foto: pppda.uz

Ularning so‘zlariga ko‘ra, tizim ishlab chiquvchilari 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylari uchun qayta hisoblash ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklagan va tizimdagi nosozlikka duch kelgan. 

“Hozir jamoamiz balanslar to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun muammoni hal qilish ustida ishlamoqda. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi iste’molchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida balanslar noto‘g‘ri ko‘rsatilgani uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, iste’molchilar muvofiqlashtirish uchun tuman boshqarmalariga tashrif buyurishi shart emasligi ta’kidlandi.

“Tizimni ishlab chiquvchilar vaziyatni to‘g‘rilashlari bilan biz bu haqda xabar beramiz”, – deya xulosa qildi kompaniya matbuot xizmati. 

Mavzuga oid