Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi
Ba’zi hududlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanishni kamaytirish, jamoat transportidan va velosipeddan foydalanish hamda piyoda yurish afzalliklari targ‘ib etiladi.
28 aprel kuni Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirning ahamiyati – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirish.
«Avtomobilsiz kun» tadbiri Toshkent shahrining ba’zi hududlarida o‘tkaziladi. Uning doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025