Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukrainada 10 nafar rossiyalik deputat halok bo‘ldi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida o‘n nafar rossiyalik deputat halok bo‘ldi, ularning aksariyati munitsipal deputatlardir. Bu «Mojyem ob’yasnit» Telegram-kanali tomonidan ochiq manbalardagi ma’lumotlardan hisoblab chiqildi.
«Kecha «Vagner» XHKda ikki oy davomida jang qilishga muvaffaq bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Xakasiya Oliy kengashi deputati Dmitriy Ivanovning o‘limi haqida ma’lum bo‘ldi», deb ta’kidlaydi jurnalistlar.
Halok bo‘lgan deputatlarning bir qismi safarbar qilingan, boshqalari ko‘ngilli sifatida frontga ketgan va o‘rtacha 3-4 oydan so‘ng vafot etgan, deb yozadi kanal.
Halok bo‘lganlarning aksariyati «Yedinaya Rossiya» a’zolaridir.
«Mojyem ob’yasnit», shuningdek, Davlat dumasining yetti deputati frontga ketganini eslatib o‘tdi. Ularni «o‘qlar chetlab o‘tdi: ular asosan so‘zda va professional askarlar orqasida jang qilishdi», deya qo‘shimcha qiladi jurnalistlar.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025