Jahon | 13:29 / 26.04.2023
9044
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning uchta samolyoti Boltiq dengizi uzra tutib olindi

Rossiyaning Su-27 va Il-20 samolyotlari transponderlarsiz uchgan. Ularni nemis va ingliz qiruvchi samolyotlari tutib oldi.

Foto: Team_Luftwaffe

Germaniya va Britaniya qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududida Rossiyaning uchta razvedkachi samolyotini tutib oldi. Eurofighter qiruvchi samolyotlari ikkita Su-27 va bitta Il-20 samolyotlarini tutib oldi, ular «yana transponderlarsiz uchgan», deb xabar berdi Germaniya harbiy-havo kuchlari 26 aprel, chorshanba kuni Twitter mikroblogida.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Estoniya, Latviya va Litva o‘zlarining jangovar samolyotlariga ega emas, shuning uchun 2004 yildan beri NATO kuchlari ular havo kengliklari xavfsizligini ta’minlab kelmoqda. Shu maqsadda alyans ittifoqchilari navbatma-navbat o‘z samolyotlari va xodimlarini Boltiqbo‘yi mamlakatlariga joylashtiradi. 

Aprel oyi boshida, sakkiz oylik muddatdan so‘ng, bundesver NATOning Boltiq dengizi ustidagi havo xavfsizligi missiyasini Buyuk Britaniyaga topshirdi. Aprel oyining oxirigacha Germaniya Buyuk Britaniyani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va may oyi boshida nemis samolyotlarini Germaniyaga qaytarish boshlanadi. 

Mavzuga oid