O‘zbekiston | 10:53 / 26.04.2023
7309
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri ayrim hududlarida elektr energiyasi  vaqtinchalik o‘chirildi

Bugun, 26 aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy, Yashnobod hamda Yunusobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi.

Foto: Kun.uz

«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Yunusobod tumanining: Usta Shirin, F.Kamol, S.Abdulla, T.Jalilov, Kislovodsk hamda Iftixor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining: Fidokor, Ibrat, Iftixor, Avezov, Murabbiy, Yangihayot, Murabbiy, Darxon, Ilg‘or, Tolariq, Xonariq, Pungan, Chinor, Donishmand, Abay, Yangi iqbol, Serikbayev, Abadiyat, Tuzel, Farg‘ona yo‘li, Mo‘ynoq, Oqdaryo, M.Avezov, Go‘zal, Temiryo‘l, Jarboshi ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yakkasaroy tumanining: «Yakkasaroy» MFY Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen ko‘chalari, «Muqimiy» MFY Yoqut, Xazinabog‘, Sirojiddinova ko‘chalari, shuningdek, «A.Qahhor» MFY Humo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.

Mavzuga oid