Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Viktor Medvedchukning xotiniga tegishli aktivlar xatlovga olindi
Oksana Marchenkoning xatlovga olingan aktivlari bir milliard grivnadan (27 million dollar) ortiqni tashkil qilgan. Avvalroq Ukrainada Medvedchuk xotinining 6 milliard grivnaga teng mol-mulki xatlovga olingan edi.
Ukraina sudi Viktor Medvedchukning rafiqasi Oksana Marchenkoning bir milliard grivnadan (27 million dollardan ortiq) ko‘proq mol-mulkini xatlovga oldi, deb xabar berdi 25 aprel, seshanba kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") matbuot xizmati. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, gap Yevropaning eng yirik metallurgiya korxonasi bo‘lgan "Zaporojskiy zavod ferrosplavov"ning 13,7 foiz aksiyalari haqida ketmoqda.
"SBU" ma’lumotlariga ko‘ra, Marchenko ushbu aktivlarga to‘rtta ofshor kompaniya orqali egalik qilgan. “Aktivlarning xatlovga olinishi ularni sotish yoki soxta shaxslarga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan himoya qiladi hamda kelajakda ularni davlatimiz foydasiga o‘tkazish imkonini beradi”, — deyiladi mahkama xabarida.
"SBU" matbuot xizmatining eslatishicha, avvalroq Ukraina rasmiylari Marchenkoning umumiy qiymati olti milliard grivnadan ortiq mol-mulkini xatlovga olishgan.
Oksana Marchenko - Viktor Medvedchukning uchinchi xotini. Ukrainada u Rossiya huquq-tartibot idoralarini moliyalashtirishda gumon qilinmoqda. 23 fevral kuni sud uning 5,6 milliard grivnadan (taxminan 152 million dollar) ko‘proq qiymatdagi aktivlarini xatlovga oldi. Shundan so‘ng, Ukraina rasmiylari kamida ikki marta Marchenkoning turli mulklari xatlovga olingani haqida xabar berishdi.
Aprel oyida Ukraina hukumati Marchenkoni qidiruvga bergan edi. Viktor Medvedchukning rafiqasi Moskvada yashayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025