O‘zbekiston | 13:26 / 27.04.2023
12027
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston yaqin yillarda oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida ma’lum qildi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

U O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi davlatlardan biri ekanini, ayni paytda yiliga 105 tonnaga yaqin ushbu metall olinishini eslatdi. 

2022 yil aprel oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 40 million tonnadan ortiq oltin rudasi zaxirasiga ega Muruntov kareri tarkibida Balpantau va Tomdibuloq konlari topilgani xabar qilingan edi. Bu yerda qariyb 15 yil davomida yiliga 3 million tonnadan ortiq ruda qazib olish rejalashtirilgan. 

2021 yilda Qizilqumda 133 tonna zaxiraga ega yangi «Chukurquduq» oltin koni topildi. 

Mavzuga oid