Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti: Ukrainaga o‘q-dorilar yetarli darajada yetkazib berilmayapti
Chexiya boshqa ittifoqchilar bilan hamkorlikda Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishni ko‘paytirish yo‘llarini qidiradi, dedi prezident Petr Pavel Kiyevdan Pragaga qaytgach.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qarshi hujumga o‘tishida zarur bo‘lgan snaryadlarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda, deya xabar berdi České Noviny. Ukrainaga kerak bo‘lgan o‘q-dorilarning bir qismi an’anaviy ravishda sovet texnikasini sotib olgan mamlakatlarda saqlanadi, deya qo‘shimcha qildi u.
“O‘q-dorilarning jiddiy tanqisligi nafaqat Ukrainaning samarali mudofaa qobiliyatini, balki uning muvaffaqiyatli qarshi hujumni o‘tkazish qobiliyatini ham ma’lum darajada cheklaydi”, — deya Pavelning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Chexiya prezidenti, shuningdek, ittifoqchilar Ukrainani samarali qurollar, jumladan, zamonaviy tanklar, lekin minimal miqdorda o‘q-dorilar bilan ta’minlayotganini ta’kidladi.
Ukraina harbiylari, uning so‘zlariga ko‘ra, texnikani bir necha kungina joylashtirishi mumkin, keyin esa uni orqaga qaytarib olishlari kerak. "Aslida, bu ombor zaxirasiga aylanyapti. Bundan ma’no yo‘q", - deya xulosa qildi Pavel.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025