Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Kecha Toshkentdagi Humo arena sport majmuasida 1-14 may kunlari o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
Boks bo‘yicha dunyo birinchiligining ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va boshqalar ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimining rasmiy qismida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqib, musobaqa mehmonlarini qutladi va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyatiga ushbu musobaqani o‘tkazishga ko‘rsatayotgan ko‘magi va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi. IBA prezidenti boks bo‘yicha jahon chempionatini rasman ochiq deb e’lon qildi.
Tadbir davomida, shuningdek, bokschilar nomidan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov musobaqada halol va shaffof raqobat olib borishga qasamyod qildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025