Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat berildi
Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi qonun loyihasini qabul qildi.
3 may kuni Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi «Qirg‘iziston hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohati to‘g‘risida 2006 yil 3 oktyabrdagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini uch o‘qishda qabul qildi. Kelishuv 2023 yil 27 yanvarda Bishkek shahrida imzolangan edi.
Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomada fuqarolarning ikki davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali borish, harakatlanish va bo‘lish hujjatlari ro‘yxatini yangilash nazarda tutilgan.
Xususan, Qirg‘iziston tomoni kelishuvni «ID-karta» so‘zlari bilan to‘ldirdi. Shu bilan birga, hujjatdan «tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma» so‘zlari olib tashlandi.
Qirg‘izistondan fuqarolarni noqonuniy olib chiqib ketish xavfini kamaytirish maqsadida, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi ilova Qirg‘iziston hududiga kirish va undan chiqish huquqini beruvchi hujjat sifatida muomaladan chiqarildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni kelishuvning 2-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritdi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tegishli band chiqarib tashlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Qirg‘iziston bilan chegarani ID-karta orqali kesib o‘tish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan edi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
17:55 / 23.05.2025