O‘zbekiston | 13:17 / 04.05.2023
3947
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida parvozlar xavfsizligiga oid bitim ratifikatsiya qilinyapti

Senat qirqinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston hukumati bilan Tojikiston hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: UzA

Bitimning asosiy maqsadi fors-major holatlarida davlat aviatsiyasi havo kemalarining havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishning yagona tartibini belgilashdan iborat.  

Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tomonlar davlat havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tishga, o‘z aerodromlaridan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishga haqliligi nazarda tutilgan.  

Qonun yalpi majlisda ma’qullandi.

Mavzuga oid