Jahon | 16:31 / 08.05.2023
20332
5 daqiqa o‘qiladi
Baxmut atrofidagi janglar va Xarkivdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 438-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Anneksiya qilingan Sevastopol gubernatori Mixaylo Razvojayev tunda Qrimga 10 ta dron bilan hujum uyushtirilgani haqida ma’lum qildi. Keyinroq mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Qora dengiz akvatoriyasida ukrainlarning 22 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilgani haqida xabar berdi. Hujum vaqtida jabrlanganlar yo‘q. Ukraina bu hujum yuzasidan izoh bermagan.
- FXX Ivanovskaya oblastidagi harbiy aerodromga dronlar hujumining oldi olingani, Tula oblastida Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedkasi boshqarmasi tomonidan yollangan diversiya guruhi a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ukraina bu ma’lumotni izohlamagan.
- Yevgeniy Prigojin RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHKga Baxmutda harbiy harakatlarni davom ettirish uchun o‘q-dori berishni va’da qilganini aytdi. Bu Prigojin uning jangchilari 10 may kuni Baxmutni tark etishi, chunki «o‘q-dorilarsiz ular o‘limga mahkum ekani»ni aytishi ortidan ro‘y berdi. Sergey Shoygu 5 may kuni mudofaa vazirligiga «maxsus harbiy amaliyot» hududida qurol yetkazib berish masalalarini «alohida nazoratda ushlash» bo‘yicha topshiriq bergan. «Vagner» XHK harbiy harakatlar hududida qolish-qolmasligi oxirigacha ayon emas.
Kun kadri. Xarkiv oblastidagi vayron bo‘lgan ko‘prik
Baxmut atrofidagi janglar
Zaporijjya oblastidagi qishloqda insonparvarlik yordami tarqatish markazi
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024