O‘zbekiston | 12:09 / 08.05.2023
6300
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi Sudoche ko‘li Ramsar suv-botqoq yerlari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston delegatsiyasining Shveytsariyaga rasmiy tashrifi doirasida Sudoche ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi. 

Foto: gov.uz

Tegishli sertifikat asosan, suv qushlarining yashash muhiti sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlari to‘g‘risidagi konvensiya bosh kotibi M.Mumba tomonidan tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimovga topshirdi.

Sudoche ko‘li O‘zbekistonning Ramsar konvensiyasiga kiritilgan 4-obekti bo‘ldi. Bunga qadar Dengizko‘l 2001 yilda, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi 2008 yilda va To‘dako‘l hamda Quymazor suv omborlari 2020 yilda Ramsar ro‘yxatidan joy olgan.

M.Mumba Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning uchta yirik tadbiri – cho‘llanish bo‘yicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

Ma’lumot uchun, Sudoche ko‘lida 24 turdagi baliq, 230 turdagi qush (118 ta gidrofil tur) bo‘lib, shundan 24 turi Xalqaro Qizil kitobga (12 tur) va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ko‘lda 30 turdagi sutemizuvchilar ham bor (shundan 2 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga va 3 turi Xalqaro Qizil kitobiga kiritilgan).

Sudoche ko‘li bahor-kuz davrida suv qushlarining ommaviy konsentratsiyasi joyi sifatida juda muhim rol o‘ynaydi. Suv havzasida bahorgi migratsiya davrida qushlar soni 100 mingdan oshadi.

Mavzuga oid