AQSh Rossiyaning josuslik dasturini zararsizlantirganini e’lon qildi
U 20 yil davomida maxfiy hujjatlarni o‘g‘irlash uchun ishlatilgan.
AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) xalqaro hamkorlar bilan birgalikda josuslik dasturlari bilan zararlangan kompyuterlarning xalqaro tarmog‘ini aniqladi va yo‘q qildi. Uning yordamida Rossiya razvedka xizmatlari kamida 50 ta mamlakat, jumladan NATO a’zolari, shuningdek, jurnalistlarning maxfiy hujjatlariga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, gap Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) 16-markazi tomonidan ishlab chiqilgan Snake josuslik dasturi haqida bormoqda.
«Sud hujjatlarida Turla nomi bilan atalgan ushbu markaz 20 yil davomida kamida 50 ta davlatdagi, jumladan Shimoliy Atlantika alyansi a’zolarining yuzlab kompyuterlaridan maxfiy hujjatlarni o‘g‘irlash uchun Snake zararli dasturining turli versiyalaridan foydalangan», deyiladi bayonotda.
O‘g‘irlangandan so‘ng, bu hujjatlar zararlangan kompyuterlardagi «maxfiy tarmoq» orqali yuborilgan. Tergov xulosalariga ko‘ra, operatsiyalar FXX Ryazan shahri shtab-kvartirasidan amalga oshirilgan.
FQB josuslik dasturini Perseus razvedka agentligi tomonidan ishlab chiqilgan vosita yordamida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. U Snake zararli dasturini o‘zining muhim tarkibiy qismlarini qayta yozishga majburlagan.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024