Onix va Tracker avtomobillari sotuvi qayta tiklanishi mumkin
UzAuto Motors vakili avtomobillar narxi avvalgisidan farq qilishini aytdi. Biroq, qimmatlashishi yoki arzonlashishi to‘g‘risida ma’lumot berilmadi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari sotuvini qayta tiklashi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya vakiliga tayanib Daryo xabar berdi.
«Tracker va Onix qo‘shimcha variantlar bilan sotuvga chiqariladi. Yangi variantlarda isitiladigan old o‘rindiqlar, tozalash zonasi, ikkinchi qator o‘rindiqlari, rul, olti tomonlama sozlanishi, haydovchi o‘rindig‘i, karter himoyasi, Redline paketi bo‘ladi. Hozir yangi konfiguratsiyalar bo‘yicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», degan vakil.
Yangi variantdagi avtomobillar narxi avvalgisidan farq qilishi aytilmoqda. Biroq, qimmatlashishi yoki arzonlashishi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Sotuv esa joriy haftada tiklanishi kutilyapti.
Avvalroq, UzAuto Motors hech qanday tushuntirishsiz Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni to‘xtatgan edi. Hozirda sotib olish mumkin bo‘lgan eng arzon avtomobil - 420 million so‘mlik Malibu XL.
Odatda, shartnoma berishning to‘xtatilishi inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi bilan bog‘liq. Jumladan, oxirgi 5 yil ichida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to‘xtatgan edi. 2020, 2021 va 2022 yillarda sotuvlar mart oyida qayta tiklangan.
So‘nggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oshgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
13:29 / 14.10.2024
2024 yilning 9 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 89 foizni tashkil qildi
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
21:07 / 16.09.2024