O‘zbekiston | 17:34 / 14.05.2023
17642
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan va Jizzaxda noqonuniy yer sotayotgan mansabdorlar ushlandi

Ulardan biri 30 sotix yer uchun 50 ming dollar so‘ragan.

Foto: Videodan kadr

DXX Namangan va Jizzaxda noqonuniy yer sotayotgan mansabdor shaxslarni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Namangan viloyati tumanlaridan birining fermerlar kengashi raisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi mashina traktor parkining 30 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgan. DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shu kabi, Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i tanlov savdolarini o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi bayonnomasiga asosan tanlov g‘olibi deb topilgan xususiy korxonaga savdo do‘koni qurishi uchun ajratilgan 56 kv/m yer maydonida tegishli ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda yordam berish evaziga korxona rahbaridan 3 ming AQSh dollari talab qilgan. DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan puldan 2 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Mavzuga oid