Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada ikki rossiyalik polkovnik halok bo‘ldi - RF mudofaa vazirligi
So‘nggi kunlarda Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut hududidagi qarshi hujumlari haqida xabarlar ko‘paygandi.
RF mudofaa vazirligi 4-motoo‘qchi brigada qo‘mondoni, polkovnik Vyacheslav Makarov hamda armiya korpusi qo‘mondonining harbiy-siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Yevgeniy Brovko Ukraina qurolli kuchlarining Soledar-Baxmut yo‘nalishidagi hujumlarini qaytarish chog‘ida halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, Vyacheslav Makarov Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofidagi Krasnoye qishlog‘i hududidagi janglarga boshchilik qilgan va og‘ir tan jarohati olib, jang maydonidan evakuatsiya qilish chog‘ida jon bergan.
Polkovnik Yevgeniy Brovko esa «boshqa uchastkada raqib hujumini qaytarish» bo‘yicha janglarga rahbarlik qilgan (aynan qayerdaligiga aniqlik kiritilmagan). Brovko «snaryad parchalaridan ko‘p sonli jarohatlar olib qahramonlarcha halok bo‘lgani» qayd etilgan.
RF mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Baxmutdan shimolda va janubda Rossiya kuchlarining «mudofaasini yorib o‘tish uchun yoppasiga harakat qilgani»ni qayd etgan. «Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalarining barcha urinishlari qaytarildi. Rossiya qo‘shinlarining mudofaasi yorib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi», — deyilgan vazirlik xabarida.
- RF mudofaa vazirligi o‘z harbiylarining, ayniqsa yuqori lavozimli qo‘mondonlarining halokati haqida juda kamdan kam hollarda xabar beradi. Odatda bunday harbiylar o‘limi haqida vazirlik ularni o‘limidan keyin mukofotlashga taqdim etganida ma’lum bo‘lardi.
- BBC rus xizmati jurnalistlari «Mediazona» va ko‘ngillilar bilan hamkorlikda yuritadigan loyiha hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon 22,6 mingdan ortiq rossiyalik harbiy o‘limi tasdiqlangan. 12 may holatiga ko‘ra, ochiq manbalar orqali urushda rossiyalik 57 polkovnik va kamida to‘rt nafar general halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025