Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi razvedka Rossiya qo‘shinlari sifatining pasayganini aniqladi
Ukrainadagi Rossiya armiyasining soni bosqin boshlanganidan beri o‘zgarmadi, ammo rus askarlarining sifati pasaydi. Hozir bular - asosan kam tayyorgarlikdan o‘tgan safarbar qilinganlar, deydi Britaniya harbiy idorasi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 14 may, yakshanba kuni Twitter’da e’lon qilingan kundalik xulosasida aytilishicha, Ukraina hududiga bostirib kirish boshlanganidan beri Ukrainadagi Rossiya armiyasining soni deyarli o‘zgarmadi, biroq uning sifati sezilarli darajada pasaydi.
Xabarda aytilishicha, Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari guruhi hozirda 200 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega. Ular beshta qo‘shin guruhi tarkibida 70 ga yaqin polk va brigadalarga birlashtirilgan. Ammo o‘tgan yilning fevral oyida Rossiya armiyasi professional askarlardan iborat bo‘lib, asosan zamonaviy texnika bilan jihozlangan va murakkab qo‘shma operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun muntazam ravishda mashg‘ulotlardan o‘tgandi.
Endi Rossiya qo‘shinlari asosan yomon o‘qitilgan, safarbar qilingan zaxiradagilardan iborat bo‘lib, ular tobora eskirgan uskunalarga o‘tkazilib, ko‘plab bo‘linmalar juda kam quvvatga ega va odatda faqat eng oddiy piyoda operatsiyalarini bajaradilar.
Shu tariqa, Britaniya harbiylarining fikriga ko‘ra, Rossiya 1200 kilometrlik front chizig‘i bo‘ylab paydo bo‘ladigan operativ muammolarga javob berish uchun katta, qobiliyatli, mobil zaxirani yaratishi dargumon.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025