O‘zbekiston | 19:34 / 15.05.2023
10736
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada migrantlar uyushtirgan janjalda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan 

11 may kuni Moskvada 25 nafarga yaqin shaxs kafega bostirib kirib, xodimlarga hujum qilgan. Dastlab tarqalgan xabarlarda ular O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilgandi.

Foto: RIA Novosti

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahridagi kafelardan biriga o‘zbekistonlik 30 nafar migrant bostirib kirib, jinoyat sodir etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ammo o‘rganishlar jarayonida ular O‘zbekiston fuqarolari emasligi aniqlandi. Bu haqda Moskvadagi o‘zbek diasporasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 11 mayga o‘tar kechasi tibbiy niqobdagi 25 nafarga yaqin fuqaro shaharning Veshnyakovskaya ko‘chasida joylashgan “Monro” kafesiga kirib, kafe mulkiga zarar yetkaza boshlagan. Shuningdek, ular kafe xodimlariga ham hujum qilishgan. Voqeadan bir necha soat o‘tgach, gumonlanuvchilarning bir guruhi hibsga olingan.

Shuningdek, bu voqeadan bir necha kun oldin ushbu kafe xodimlari va mijozlar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat oqibatida kafe mulkiga yetkazilgan zarar uchun 30 ming rubl tovon puli undirilgan.

Veshnyaki tumani huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur voqea gumonlanuvchilari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid