O‘zbekiston | 11:33 / 15.05.2023
8490
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakolatxonasi «NATOga sherik davlatlar kuni» tadbirida ishtirok etdi

12 may kuni Belgiyaning Mons shahrida NATO Yevropadagi qo‘shma qo‘mondonligi qarorgohida tashkilotga a’zo davlatlar va sherik mamlakatlar vakillari ishtirokida «NATOga sherik davlatlar kuni» tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Tadbirdan  maqsad – NATOga a’zo va sherik davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va taomlarini namoyish etish orqali o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan  iborat

Ushbu anjuman NATOning asosiy madaniy tadbirlaridan biri bo‘lib, 2005 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi.

Joriy tadbirda 30 dan ortiq NATOga a’zo va unga sherik  davlatlarning 200 dan ortiq vakillari, shuningdek, Tashkilot  bosh qarorgohi hamda uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari qatnashishdi.

O‘zbekiston vakolatxonasi vakillari o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari, milliy an’ana va qadriyatlarini, shuningdek, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi dinamikasi yuqori baholandi, shuningdek, O‘zbekiston vakillarining tashkilot tadbirlarida ishtiroki miqdoriy va sifat jihatidan o‘sib borayotgani e’tiborga loyiqligi  ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid