Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimovning o‘g‘li Moskvada hibsga olindi
Sobiq prezident Islom Karimovning birinchi turmushidan tug‘ilgan o‘g‘li Pyotr Karimov Rossiyada o‘z xotinini kaltaklagani uchun ushlandi.
Sobiq prezident Islom Karimov o‘g‘lining hibsga olinishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning REN TV telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Pyotr Karimov xotinini pul uchun kaltaklagan. Kechasi ular janjallashib qolishgan, chunki er turmush o‘rtog‘idan Toshkentga yo‘lovchi chiptasi va mehmonxona to‘lovini amalga oshirishni so‘ragan. Biroq, ayolda yetarli miqdorda pul bo‘lmagan. Shundan keyin er unga tashlanib qolgan.
Avvalroq, Pyotr Karimov Krasnogorskda o‘z xotinini qattiq kaltaklagani, bu hodisa Podmoskovniy bulvaridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zaro janjal davomida er xotinini bir necha marta urgan. Ayol turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Karimov militsiya bo‘limida so‘roq qilingan va qo‘yib yuborilgan. Shundan so‘ng, bedarak yo‘qolgan.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Pyotr Karimov hozirda gumonlanuvchi maqomida.
Shifokorlar uning rafiqasiga qorin jarohati, miya chayqalishi va qon ketishi tashxisini qo‘yishgan.
Pyotr Karimov – O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning birinchi turmushidan tug‘ilgan o‘g‘li.
Mavzuga oid
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?
12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
13:34 / 07.10.2024