Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Redmi’ning eng kuchli smartfoni iyulda taqdim qilinadi
Redmi K60 Extreme Edition (Redmi K60 Ultra) smartfoni yilning ikkinchi yarmida namoyish etiladi, deb xabar bermoqda insayder Digital Chat Station.
Unga ko‘ra Redmi’ning eng kuchli smartfoni maqomini oladigan gadjet iyul oyida taqdim etiladi.
Smartfon MediaTek Dimensity 9200+ chipida ishlaydi. Bu chip o‘yinlarning ishlashida yuqori samaradorlikni ta’minlab beradi.
Qurilma 1,5 K tekis ekranga ega va u juda ingichka ramka bilan o‘ralgan. U o‘ta yuqori bo‘lgan 144 gers chastotani qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon 5000 milliamper-soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Tezkor quvvatlantirish imkoniyati mavjud. Asosiy kamera 50 megapikselli (IMX8 seriyasidagi kamera) bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, u flagmanlarga xos suratlarni qayta ishlash xususiyatini ham o‘zida jamlaydi.
Ma’lumot uchun, Redmi Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga tegishli sub-brend hisoblanadi.