Samarqand O‘zbekistonda YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shilgan birinchi shaharga aylandi
YeTTB boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston hukumati va YeTTB o‘rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ajratilgan mablag‘ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha o‘rta o‘lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektrobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun ma’muriy binolar va texnik xizmat ko‘rsatish obektlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.
Bu - “Samarqand - yashil shahar” harakat rejasidagi birinchi loyiha bo‘lib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadam.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024