Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti O‘zbekistonda audit tekshiruvini o‘tkazmoqda
O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish ustidan navbatdagi audit tekshiruvini o‘tkazish maqsadida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) auditorlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Rejaga asosan, IKAO auditorlar guruhi joriy yilning 17-29 may kunlari «O‘zaviatsiya» agentligida tekshiruv olib borishi, shuningdek, shu davr mobaynida Uzbekistan Airways va uning bo‘linmalariga, «O‘zaeronavigatsiya» markaziga, Panorama Airways va Humo Air aviakompaniyalariga, Gidrometeorologiya xizmati markaziga tashrifi rejalashtirilgan.
IKAO auditorlari O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligini ta’minlash tizimi ishlashini baholash maqsadida kompleks tekshiruv o‘tkazadilar, xususan, tashrif doirasida aviakompaniyalarda, shuningdek, Toshkent va Samarqand aeroportlarida IKAO standartlari talablarining amaliy bajarilishini tekshiradilar.
Ushbu audit fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash tizimini baholashning eng muhim obektiv vositalaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 28 may kuni IKAO auditorlari guruhi tomonidan tekshiruv natijalari bo‘yicha dastlabki hisobot taqdim etiladi.
Mavzuga oid
15:02 / 04.09.2024
Polshada aviatsiya sakkiz kun ichida uchinchi marta trevoga bo‘yicha osmonga ko‘tarildi
22:14 / 05.08.2024
Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi - OAV
18:34 / 22.07.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi ochildi
20:16 / 24.06.2024