Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 may kuni Sian shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12 may kuni Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishining samarali yakunlarini yuksak baholadilar.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
20:20 / 31.03.2025