Jahon | 14:59 / 20.05.2023
16207
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkivdagi vayrongarchiliklar va Donbassdagi zenitchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 450-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya IIV Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Ahmad Xonni qidiruvga berdi.
  • Rossiyalik muxolif siyosatchi Yevgeniy Royzmanga armiyani «obro‘sizlantirish» ishi bo‘yicha 260 ming rubl miqdorida jarima qo‘llandi.
  • RF bosh prokuraturasi «Grinpis»ni «istalmagan tashkilot» deb e’lon qildi.
  • RF TIV AQShning 500 fuqarosi mamlakatga kirishini taqiqladi. Ular orasida — Barak Obama va «Kapitoliy shturmidan keyin o‘zga fikrlilarni ta’qib qilishda ishtirok etganlar» bor.
  • AQSh ittifoqchilarga Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari berilishiga roziligini bildirgan.
  • Rossiya qo‘shini Kiyev, Kriviy Rih va Lvivga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Ukraina QK 16 ta dron va uchta «Kalibr» raketasi urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • AQSh Tatyana Moskalkova, Igor Levitin va Rossiya tashqi razvedka xizmatiga qarshi sanksiyalar kiritdi.
  • Gomel oblastida, Belarus va Ukraina chegarasida tankka qarshi istehkomlar paydo bo‘ldi.

Xarkivdagi vayron bo‘lgan kvartiralar

Rossiya qo‘shini Xarkivdagi turar joylarga zarbalar berishda davom etmoqda, natijada shahar aholisi vakillari halok bo‘lishmoqda yoki keng ko‘lamli bosqindan keyin ham yashab kelayotgan kvartiralaridan ayrilmoqda. Xarkiv shimoli-sharqidagi Saltovka rayoni sobiq SSSR hududidagi ko‘plab shaharlarni umumlashtiruvchi barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan possovet industrial shaharsozligi namunasi edi. Ko‘rinishi RF qurolli kuchlari askarlariga yaxshi tanish bo‘lgan va o‘zlari yashaydigan shaharlarni eslatuvchi shunday mikrorayonlar Rossiyaning halokatli zarbalari ostida qoldi.

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain zenitchilari 

Ukraina QKning knyaz Daniil Galitskiy nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiy xizmatchisi Donbassdagi front chizig‘ida osmonni kuzatmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Donetsk oblastidagi tutashuv chizig‘i yaqinidagi pozitsiyani egallamoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi amerikaliklar bergan «Stinger» ko‘chma zenit-raketa kompleksi bilan
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy ratsiya orqali «Strela» zenit-raketa kompleksi operatori bilan gaplashmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
ZU-23 zenit qurilmasi oldidagi ukrain harbiysi. So‘nggi oylarda Rossiya aviatsiyasi front chizig‘i atrofida faollashgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Stabilizatsiya punktidagi Baxmut mudofaachilari

Stabilizatsiya punktlari Ukraina QKning yarador askarlari va yaralangan tinch aholi vakillariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, yaradorlar normativga ko‘ra bir soat ichida bu yerga keltirilishi kerak. Baxmut atrofida ko‘p oylardan buyon tinmayotgan intensiv janglar vaqtida shifokorlar kuniga o‘nlab, yuzlab kishilarga yordam berishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shundan keyin yaradorlar harbiy-mobil hospitalga olib ketiladi. Ukrain qo‘shini shaharning faqat kichik qismini ushlab turibdi, ammo so‘nggi kunlarda Ukraina QK shahar atrofida harbiy harakatlarni faollashtirgan. 

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid