Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya tashqi ishlar vaziri: Rossiya yillar davomida tahdid bo‘lib qoladi
Aleksandr Shallenbergga ko‘ra, Rossiyadan kelayotgan tahdid fonida Ukrainaga G‘arb xavfsizlik kafolatlari kerak.
22 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi oldidan Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida: "Rossiya uzoq yillar davomida tahdid bo‘lib qoladi. Shuning uchun Ukrainaga G‘arb xavfsizlik kafolatlari kerak", dedi.
Shu bilan birga, Avstriya diplomatiyasi rahbari joriy o‘n yillik yakuniga qadar Rossiyada siyosiy rahbariyat o‘zgarishi dargumon, degan fikrni bildirdi. "Rossiyadagi siyosiy tizim va siyosiy rahbariyat shu o‘n yillikning oxiriga qadar sezilarli darajada o‘zgaradi deb o‘ylamayman. Biz Rossiya bilan munosabatlarimiz eng muhim kapital: ishonch yetishmasligi bilan yashashga majbur bo‘lamiz", dedi u.
Shallenberg qo‘shimcha qilishicha, uning bahosiga ko‘ra, "G‘arb, shu jumladan Ukraina" kelajakda Rossiya turli shartnomalarga rioya qilishiga tayana olmaydi.
Diplomatga ko‘ra, G‘arb Ukrainada harbiy jinoyat sodir etgan rossiyaliklarni javobgarlikka tortish, shuningdek, “Rossiya siyosiy rahbariyatini harbiy jinoyatlar va bosqinchilik jinoyati uchun javobgarlikka tortishda” qat’iy bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025