Dronlar Rossiyadagi neft quvurlariga hujum qilishda davom etmoqda
Tver viloyatida Andreapol okrugidagi Yeroxino qishlog‘i yaqinida uchuvchisiz uchish apparati (UUA) quladi, deb xabar berdi mintaqa hukumati matbuot xizmati. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Foto: AP
«Hozirda tezkor xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Vaziyat gubernator Igor Rudenining shaxsan nazoratida», - deyiladi xabarda.
Bungacha bir qator Telegram-kanallarida Yeroxino qishlog‘i yaqinida joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumi sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Baza, Mash va SHOT ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda ikkita dron ishtirok etgan.
«Birinchi uchuvchisiz uchish apparati soat 3:15 da uchib keldi. U moy sexi binosiga urildi, shundan so‘ng portlash sodir bo‘ldi - natijada binoning tomi va devori shikastlangan. Ikkinchi UUA yarim soatdan keyin uchib keldi - u yerga quladi va portladi. Yong‘in korxona xodimlari tomonidan o‘chirilgan, qurbonlar yo‘q», deb yozadi Baza.
Ma’lumot uchun, Yeroxinodagi stansiya «Drujba» neft quvuriga xizmat ko‘rsatadi.
27 may kuni ertalab ikkita dron Pskov viloyati Nevelsk tumani Litvinovo qishlog‘i yaqinidagi neft quvuriga hujum qildi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Mixail Vedernikov Telegram’da.
Hujum natijasida neft quvurining ma’muriy binosi shikastlangan, qurbonlar yo‘q.
Baza ta’kidlashicha, dronlar «Transneft» neft o‘tkazish stansiyasiga hujum qilgan.
Mavzuga oid

11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

14:51 / 07.05.2025
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

08:51 / 06.05.2025
Sobyanin: Moskva osmonida 19 ta dron urib tushirildi

11:07 / 03.05.2025