Rolls-Royce minglab xodimlarini ishdan bo‘shatishga qaror qildi
Britaniyaning Rolls-Royce mashinasozlik kompaniyasi optimallashtirish dasturi doirasida minglab xodimlarni ishdan bo‘shatishi mumkin. Kompaniya o‘zining uchta bo‘linmasi - fuqaro aviatsiyasi, mudofaa va energetika tizimlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida 30 ming xodimning 10 foizi ishsiz qolishi mumkin.
Britaniyaning Rolls-Royce Holdings Plc mashinasozlik kompaniyasi minglab xodimlarini qisqartirishi mumkin, deb yozadi The Times konsalting sohasidagi manbasiga tayanib. Kompaniya uchta bo‘linma – fuqaro aviatsiyasi, mudofaa va energetika tizimlarini birlashtirish niyatida, buning natijasida 30 ming nafar xodimning 10 foizi ishsiz qolishi mumkin.
Eng katta qisqartirishlar kompaniyaning bosh qarorgohi joylashgan Derbidagi xodimlarga ta’sir qilishi mumkin. The Times qayd etishicha, u yerda Rolls-Royce kompaniyasining bek-ofisi joylashgan.
Rolls-Royce kompaniyasining o‘zi xodimlarga oid qarorlar hali qabul qilinmaganini bildirdi. «Biz xodimlarga potensial ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hech qanday qaror qabul qilganimiz yo‘q, buning aksi haqidagi barcha fikrlar faqat taxmindir», dedi kompaniya vakili.
Kompaniyaning transformatsiya dasturini avvalroq uning bosh direktori Tufan Erginbilgich e’lon qilgan edi, Rolls-Royce faoliyatini optimallashtirish maqsadida McKinsey & Co. boshchiligidagi maslahatchilarni yollagan.
Mavzuga oid
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
15:39 / 19.11.2024