O‘zbekiston | 11:15 / 31.05.2023
21131
1 daqiqa o‘qiladi

“Sankt-Peterburg – Toshkent” reysi yo‘lovchisi samolyot bortida janjal keltirib chiqardi

Mast holatda bo‘lgan erkak jamoat tartibini buzgan va samolyot ekipaji bilan janjal keltirib chiqargan.

Foto: IIV

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchi mast holatda jamoat tartibini buzgan va havo kemasi ekipaji bilan mojaro uyushtirgan.

Samolyot “Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. Aeroport hududida ushbu shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan bayonnoma tuzildi.

29 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi uning ishini ko‘rib chiqdi. Sudya uni 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi.

Mavzuga oid