Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kansler Shols Ukrainaning yaqin orada NATOga kirishiga ishonmayapti
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishga erta taklif qilish aniq kafolatlangan narsa emasligini ma’lum qildi.
Germaniya hukumati rahbari payshanba kuni kechqurun Moldovada bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining (YeSH) sammitidan so‘ng Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga tezda qo‘shilishi kafolatlanmaganini tushuntirdi.
"Kirishning juda aniq mezonlari bor", dedi Shols. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, xususan, nomzod mamlakatda chegara mojarolarining yo‘qligini ham o‘z ichiga oladi.
Urush tugaganidan keyin Ukraina uchun boshqa xavfsizlik kafolatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Germaniya kansleri Ukraina hujum tahdididan himoyalanib, ayni paytda barqaror bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, xavfsizlik kafolatlarini nafaqat Ukraina, balki hamma ham jiddiy qabul qilishi kerak, dedi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025