Qon tahlili orqali saratonni aniqlashning yangi usuli ixtiro qilindi
Olimlar qon tahlili orqali saratonni aniqlashning yangi usulini ixtiro qildi. Har 3 ta diagnozdan 2 tasi to‘g‘ri chiqmoqda.
Britaniyalik va amerikalik bir guruh olimlar qon tahlili yordamida saraton tashxisi usulini sinash yaxshi natija berganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC yozdi.
Tadqiqot 2020 yil bahorida boshlangan. 2021 yilda AQSh va Britaniyada ommaviy tahlillar o‘tkazilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, Angliya va Uelsda tahlil olingan 5 ming kishi orasida har 3 ta diagnozdan 2 tasi to‘g‘ri chiqqan.
Olimlar oddiy qon tekshiruvi yordamida saratonning 50 dan ortiq turli belgilarini erta bosqichda aniqlashga umid qilishmoqda.
«Galereya» deb nomlangan sinov mexanizmi DNK genetik kodida yuz beradigan va o‘simtadan qonga o‘tadigan kimyoviy o‘zgarishlar belgilarini izlaydi.
Olimlar metodologiya bo‘yicha ishlar hali yakunlanmaganini, biroq testning birinchi bosqichidan so‘ng, kasallik aniqlangan bemorlar soni oshganini ma’lum qilishdi.
Test, ayniqsa, juda qiyin aniqlanadigan bosh va bo‘yin, yo‘g‘on ichak, o‘pka, oshqozon osti bezi va tomoq saratoniga erta tashxis qo‘yishda samarali.
Britaniyaning NHS sog‘liqni saqlash tizimi 2024-2025 yillarda ushbu usulni yana million kishida sinab ko‘rishni rejalashtirgan.
«Saratonni erta aniqlash juda muhim. Ushbu test saratonni erta aniqlashga va minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi», dedi NHS onkologiyasi rahbari, professor Piter Jonson.
Mavzuga oid
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
18:17 / 08.11.2024