Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi
Aniqlanishicha, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, ularning ruhiy tushkunlik alomatlari shunchalik og‘irlashadi.

Foto: Shutterstock
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot o‘smirlarda depressiya va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi. San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq vaqt o‘tkazishi bilan ulardagi depressiya alomatlari kuchayadi, degan xulosaga keldi.
Universitetning pediatriya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Jyeyson Nagata boshchiligidagi olimlar jamoasi 9 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 12 mingga yaqin bolalar va uch yildan so‘ng 12 va 13 yoshli bolalar ma’lumotlarini tahlil qildi.
Aniqlanishicha, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, ularning ruhiy tushkunlik alomatlari shunchalik og‘irlashgan. Ammo buning aksi emas, yanada og‘ir ruhiy tushkunlik ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqlardan tez-tez foydalanishiga olib kelmagan.
Tadqiqotning uch yili davomida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi kuniga o‘rtacha 7 daqiqadan 73 daqiqagacha oshgan. Ularning depressiya belgilari 35 foizga ko‘paygan. Tadqiqot natijalari JAMA Network Open portalida chop etildi.
Eslatma, yangilik ko‘rinishidagi materiallarni shifokor tashxisi bilan tenglashtirmaslik kerak. Qaror qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Mavzuga oid

16:25 / 21.05.2025
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi

20:13 / 29.04.2025
Olimlar birinchi marta saraton kasalligini proton yoyi bilan davoladi

18:21 / 08.04.2025