Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan tashrif bilan Anqara shahriga keldi.
Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi.
Davlat rahbari Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ham ustun kelgandi.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 14 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 49,51 foiz ovoz olib, g‘alabaga erisha olmagandi. Muxolifatchilar nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz olgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025