Jahon | 08:23 / 05.06.2023
7325
2 daqiqa o‘qiladi

OPeK+ davlatlari neft qazib olish rejasini qisqartiryapti

Neftga bo‘lgan talabning pasayishiga munosabat bildirgan eksportchi davlatlar 2024 yilda ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishib oldilar. Rossiya ishlab chiqarishni ixtiyoriy ravishda qisqartirishni 2024 yil dekabrigacha davom ettiradi.

Foto: Sputnik / Maksim Bogodvid

OPeK neft eksport qiluvchilar tashkilotining 13 ta davlati va 10 ta hamkor davlat, jumladan Rossiya kiradigan OPeK+ 2024 yil uchun neft qazib olish darajasini pasaytirishga kelishib oldi, deb xabar beradi dpa 4 iyun, yakshanba kuni. Mamlakatlar 2024 yilda kuniga 40,46 million barrel neft qazib olishga kelishib oldilar, bu avvalgi kelishuvlarda qayd etilgan ko‘rsatkichdan kuniga 1,393 million barrelga kamdir.

Saudiya Arabistoni iyul oyida neft qazib olishni yana sutkasiga 1 million barrelga qisqartirishini e’lon qildi, deya xabar beradi podshohlikning SPA davlat agentligi.

Shuningdek, Rossiya neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda 500 ming barrelga qisqartirishni 2024 yil dekabri oxirigacha uzaytiradi, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak TASS agentligiga bergan intervyusida. “Biz kelishuvni ortig‘i bilan bajardik, chunki o‘z kvotalarini tanlamayotgan qator davlatlar bor”, — deya Novak qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirish bo‘yicha kelishuv bundan keyin ham amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Jahon bozorlarida talab va neft narxining pasayishi qayd etilyapti. Brent neftining fyucherslari 2022 yilning iyun oyida bir barrel uchun taxminan 120 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilning iyunida bu ko‘rsatkich taxminan 76 dollarni tashkil qildi.

Mavzuga oid