Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozgi ta’tilda o‘qituvchilar necha kun dam olishi kerak?
O‘qituvchilarning yozgi ta’tili 56 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bayram sanalari va dam olish kunlari ta’til hisobiga kiritilmaydi. Bu haqda “Ta’lim nazorati” kanali Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarida hisoblab beriladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari ta’til uchun hisobga olinmaydi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, bir ish yili uchun mehnat ta’tillari miqdori ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025