Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya birinchi marta Ukrainada Leopard tanklari yo‘q qilinganini bildirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar G‘arb davlatlari Ukrainaga olib kelgan sakkizta Leopard tankini yo‘q qilganini bildirmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligining 5 iyun yakunlari bo‘yicha Janubiy Donetsk yo‘nalishidagi vaziyat haqidagi bayonotida aytiladi.
Xabarda aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Janubiy Donetsk yo‘nalishida, ya’ni Ukrainaning Donetsk va Zaporijjya viloyatlari ma’muriy chegarasida oldinga siljishda davom etgan. «Ukraina Qurolli kuchlarining hujumkor bo‘linmalari va harbiy qismlari katta zarar ko‘rdi», dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining bu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari bir yarim mingdan ortiq odamni, 28 ta tankni, jumladan, sakkizta Leopard nemis va uchta AMX-10 fransuz tanki, shuningdek, 109 ta zirhli jangovar texnikani tashkil qilgan. Ushbu bayonotning haqiqiyligini tekshirishning iloji yo‘q.
Rossiya Mudofaa vazirligi 4 iyun kuni Ukraina armiyasi Janubiy Donetsk yo‘nalishida keng ko‘lamli hujumni boshlaganini, biroq Rossiya Qurolli kuchlari hujumlarni qaytarganini bildirmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025