Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Ukraina g‘allasi importiga cheklovlarni uzaytirdi
Yevropa Ittifoqining beshta davlatiga Ukraina g‘allasini import qilish bo‘yicha cheklovlar 15 sentabrgacha amal qiladi. Keyin Bryussel ularni bekor qilishga va’da berdi.
Yevropa Ittifoqi YeIga a’zo beshta davlat uchun Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini olib kirishni vaqtinchalik taqiqlashni 15 sentabrgacha uzaytirdi. Bu haqda 5 iyun, dushanba kuni Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
2 may kuni Bryussel Ukrainadan Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyaga bug‘doy, makkajo‘xori hamda kungaboqar urug‘larini olib kirishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘ygan edi. Yevropa Ittifoqi 15 sentabrgacha barcha cheklovlarni olib tashlash niyatida ekanligini e’lon qildi, ammo endi ular "alohida holatlar", jumladan, logistika qiyinchiliklari va saqlash hajmining yetishmasligi tufayli talab qilinadi.
Shu bilan birga, chora-tadbirlar “Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun muhim bo‘lgan o‘z g‘allasini eksport qilish qobiliyatini saqlab qolish bo‘yicha qat’iy majburiyatiga mos keladi”, deyiladi Bryussel bayonotida.
Uzoq vaqt davomida Qora dengiz portlari orqali don eksport qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ukrainalik fermerlar Yevropa Ittifoqi cheklovlarini o‘ta tanqidiy qabul qildi va ularni bekor qilishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025