Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi
Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va tashkiliy tuzilmasi;
- Madaniy meros agentligining xususiy sektorga beriladigan funksiyalari ro‘yxati;
- Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
Madaniy meros obektlari restavratsiyasi direksiyasi va Madaniy meros obektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlangan holda Agentlik tizimiga o‘tkazilmoqda.
2017–2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi va Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhining vakolat va funksiyalari ham Agentlikka o‘tkazilmoqda.
Quyidagilar Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- moddiy madaniy meros va muzeylar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- moddiy madaniy meros obektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, ularning davlat hisobini yuritish hamda sohada ta’sirchan davlat nazoratini amalga oshirish;
- moddiy madaniy meros va muzeylar sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularga oid ma’lumotlarning barcha uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash;
- madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ularni keng ommalashtirish;
- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida muzeylarni kompleks rivojlantirish va boshqalar.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025