Jahon | 09:30 / 08.06.2023
8435
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy BMTni GES to‘g‘oni buzilishiga munosabati uchun tanqid qildi

Ukraina prezidenti Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasini Xerson viloyatida “zudlik bilan qutqaruv operatsiyasiga qo‘shilishga” chaqirdi.

Foto: Reuters

Ukraina BMT va Qizil Xoch jamiyatidan Kaxovka GESdagi falokatni bartaraf etishda yordam berish bo‘yicha so‘roviga javob olmadi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy 7 iyun, chorshanba kuni e’lon qilingan Bild gazetasiga bergan intervyusida.

"Javob olmadik. Men hayratdaman", - dedi Zelenskiy va Xerson viloyatidagi favqulodda vaziyat joyida "birinchi bo‘lib hayotni saqlab qolish uchun" BMT va Qizil Xoch xodimlari bo‘lishi kerakligini ta’kidladi, "lekin ular u yerda emas", dedi u.

Zelenskiy o‘zining kundalik kechki videomurojaatida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarni “zudlik bilan qutqaruv operatsiyasiga qo‘shilishga” chaqirdi. Ayniqsa, Rossiya tomonidan egallab olingan hududlar aholisi uchun yordam zarur, dedi prezident.

"U yerda halok bo‘lgan har bir inson - bu mavjud xalqaro arxitekturaga, hayotni qanday saqlab qolishni unutgan xalqaro tashkilotlarga hukmdir. Agar hozir bu ofat hududida xalqaro tashkilot mavjud bo‘lmasa, demak u umuman mavjud emas. Bu uning qobiliyatsizligini bildiradi”, dedi Zelenskiy.

Mavzuga oid