Norvegiyalik olimlar Kaxovka GES portlatilganini tasdiqlovchi seysmik silkinishlarni qayd etdi
Norvegiyaning NORSAR instituti tadqiqotchilari Ukrainadagi to‘g‘onning qulashi munosabati bilan mintaqaviy seysmik stansiyalar ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ular 6 iyun, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:54 da (Norvegiya vaqti bilan 01:54) aniq signallarni qayd etgan. Vaqt va joy OAVda Kaxovka to‘g‘oni qulagani haqidagi xabarlarga to‘g‘ri keladi. Signallar portlash sodir bo‘lganligini bildiradi. Portlash natijasida yuzaga kelgan seysmik silkinishlar magnitudasi 1 dan 2 gacha o‘zgarib turgan.
Olimlar o‘z tadqiqotida episentrdan 620 km uzoqlikda joylashgan Ruminiyaning BURAR o‘lchash stansiyasi ma’lumotlariga tayanadi.
6 iyun kuni ertalab Kaxovka GES butunlay qulab tushdi va suv ostida qoldi. 80 dan ortiq aholi punktlarini suv bosdi.
Rossiya va Ukraina sodir bo‘lgan voqeada bir-birini aybladi. Ukrainaning «Yug» operativ qo‘mondonligi GES to‘g‘oni Rossiya qo‘shinlari tomonidan portlatilganini ma’lum qildi.
Nova Kaxovka meri Vladimir Leontev «tungi soat ikkilarda Kaxovka GESga ko‘plab zarbalar uyushtirilganini» aytdi, u zarbalarni kim amalga oshirganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya Tergov qo‘mitasi hujum bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atib, stansiyaning yo‘q qilinishi «Ukraina qurolli tuzilmalarining jinoiy harakatlari natijasida» yuz berganini bildirdi.
Mavzuga oid
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
19:30 / 24.10.2024
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etildi
09:10 / 16.10.2024
Rossiya Norvegiyadagi elchixonasi shtatini qisqartirdi
20:31 / 12.10.2024