O‘zbekiston | 13:02 / 09.06.2023
27568
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda kuchli qum bo‘ronlari bo‘lmoqda

Ayrim hududlarda qum bo‘roni ko‘rishni juda cheklab qo‘ygani tufayli ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlari yoqib qo‘yilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 2023 yil 9 iyun kuni soat 9:00 dan boshlab Termiz shahriga kuchli shamol bilan qum bo‘ronlari yopirilgan. Soat 10:00 holatiga ko‘ra shaharda ko‘rish masofasi 200 metrgacha qisqargan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, chang va shamol Termiz shahridan tashqari viloyatning yana bir qancha tumanlari hududida sodir bo‘lmoqda.

Boshqarma viloyat aholisiga murojaat qilib chang va shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishni va xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

«Bugun, 9 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Denov, Sariosiyo, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 4-12 metr sekund tezlikda shamol esishi sababli chang-to‘zon hodisalari kuzatilmoqda. Kuzatilgan chang shamol esishi bo‘yicha fuqarolardan FVBga murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda vaziyat barqaror.

Shu o‘rinda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi voha ahliga chang-to‘zon vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishini so‘rab qoladi», deyiladi murojaatda.

Mavzuga oid