Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada Spark Damas bilan to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘lgan
YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani haqida tarqalgan ma’lumot tasdiqlanmadi, amalda 8 kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
9 iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Spark avtomobili haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va shu yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida yo‘nalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan.
Mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida Spark haydovchisi vafot etgan. 8 kishi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025