YeI deeskalatsiya ta’minlanmaguncha Kosovoni moliyalashtirishni to‘xtatdi
Bryussel bosh vazir Albin Kurtidan bir necha bor talab qilgan - Serbiya anklavlarida deeskalatsiyani ta’minlay olmagani uchun Yevropa Ittifoqi Kosovoni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Bu haqda YeI tashqi ishlar xizmati vakili Peter Stano ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining yuqori martabali siyosatchilari Kosovoga tashriflarini to‘xtatmoqda. Choralar zudlik bilan kuchga kiradi, ammo ular sanksiyalar emas, dedi Stano.
Avvalroq Kosovo bosh vaziri Kurti YeIga Serbiya bilan munosabatlardagi keskinlikni yumshatish rejasini taklif qilgani xabar berilgandi.
Kosovodagi vaziyat may oyining oxirida keskinlashgan. Bunga Serbiya aholisi tomonidan boykot qilingan 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlar natijalariga ko‘ra Kosovo shimolidagi to‘rtta munitsipalitet rahbarlari lavozimiga albanlarning tayinlangani sabab bo‘lgan. Ularning shahar hokimiyatlariga kelishi noroziliklarni keltirib chiqardi. To‘qnashuvlardan so‘ng NATO Kosovodagi ishtirokini oshirib, KFOR missiyasiga 700 kishi qo‘shdi.
Mavzuga oid
14:41 / 20.11.2024
YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
07:50 / 19.11.2024
YeI Gurjiston hukumatiga ajratilgan 121 mln yevroni qaytarib oldi
10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro
11:37 / 15.11.2024