Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmurodov va Misrning ACDIMA farmatsevtika kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ulfat G‘urab o‘rtasida onlayn muzokara tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning dori vositalariga bo‘lgan talabi tez sur’atlar bilan ortib borayotgani ta’kidlandi. Hozirda respublika Yevropa mamlakatlari, Xitoy va Hindistondan sifatli hamda arzon dori vositalarini import qilayotgani, uning hajmi 2 milliard dollarga yetgani ma’lum qilindi.
Tomonlar ACDIMA dori vositalarini O‘zbekistondagi yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muzokaralarni davom ettirish maqsadida kompaniya rahbari Ulfat G‘urab boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatga safarini iyul oyida tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025