Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Turkiya rasmiylari 2023–2024 yillar davomida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkazish hamda Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon shahridan Istanbulga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining maslahatlashuvi tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oshirish hamda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jumladan, 2023–2024 yillar davomida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkazish hamda Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon shahridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishiga kelishildi va bu bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi.
Ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportidan tashqari, Samarqand, Urganch, Buxoro va Farg‘onadan Turkish airlines, Uzbekistan airways va Qanot Sharq aviakompaniyalari Istanbulga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:21 / 16.05.2025